SANKSIYA (lot. sanctio — qatʼiy qaror) — 1) huquqbuzarga nisbatan qoʻllaniladigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora. Sanksiya xarakteri va qaysi organ tomonidan qoʻllanilishiga qarab jinoiy-huquqiy, maʼmuriy-huquqiy, intizomiyxuquqiy, mulkiy Sanksiyaga boʻlinadi. Jinoiy-huquqiy Sanksiya (ozodlikdan mahrum qilish, surgun va h. k.) faqat sud tomonidan qoʻllaniladi; maʼmuriy-huquqiy Sanksiya (jarima, maʼmuriy qamoq) militsiya, politsiya, davlat inspeksiyasi va sh. k. tomonidan; intizom i yhuquqi y S. (lavozimini pasaytirish, ishdan boʻshatish) — mansabdor shaxslar va maʼmuriyat tomonidan; mulkiy Sanksiya (mas, qoida buzuvchining jabrlanuvchiga yetkazilgan ziyonni toʻlashi yoki jabrlanuvchi foydasiga undirib berilishi, bitim, shartnoma yoki kontraktni haqiqiy emas deb topish, neustoyka toʻlash va sh. k.) sud, xoʻjalik sudi tomonidan alohida chora sifatida yoki boshqa choralar bilan birgalikda qoʻllaniladi;
2) umumiy huquqiy normaning mazkur normani buzuvchiga nisbatan taʼsir koʻrsatish chorasini ichiga olgan bir qismi;
3) jinoyatda gumon kilingan shaxsga nisbatan majburiy chora (qamoqqa olish, tintuv va b.) koʻrish uchun prokuror tomonidan beriladigan ruxsat;
4) xalqaro xuquqsa — oʻz xalqaro majburiyatlarini yoki xalqaro huquq normalarini buzgan davlatga nisbatan qoʻllaniladigan taʼsir chorasi (kamal, boykot, embargo, repressaliyalar, retorsiyalar va b.);
5) yuqori instansiyaning biror narsani tasdiklashi, ijozati.