SANITARIYA, GIGIYENA VA KASB KASALLIKLARI INSTITUTI

SANITARIYA, GIGIYENA VA KASB KASALLIKLARI INSTITUTI — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli i. t. muassasasi. 1934-y. da Toshkent sh. da tashkil etilgan. Dastlab Sanitariya i. t. instituta deb nomlangan. 1940-y. da Mexnat gigiyenasi va kasb kasalliklari in-tiga aylantiriddi. 1956-y. dan hoz. nomda. In-tda 4 ilmiy boʻlim, 12 lab., 100 oʻrinli klinik kasalxona, dispanser boʻlimi, aspirantura, vivariy, kutubxona bor (2004).

Int xodimlaridan 35 kishi fan d-ri, prof., 171 kishi fan nomzodi, jumladan, 1 kishi Oʻzbekiston FA akad. (T. I. Iskandarov), 1 kishi (III. T. Otaboyev) Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati, 2 kishi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach.

Int xodimlari tomonidan issiq iqlim sharoitida tashqi muhitni zararli omillardan muhofaza qilish, tashqi muhitning ifloslanish darajasini oldindan bashorat etish, q. x va sanoat korxonalarida mehnat sharoiti hamda rejimini yaxshilash, kasalliklarni kamaytirish, bolalar va oʻsmirlar sogʻligini saklash va mustahkamlash, ovqatlanishning gigiyenik asoslarini ishlab chiqish kabi dolzarb masalalar ustida tadqiqot olib boriladi. Int monografiya, darslik, uslubiy qoʻllanmalar va ilmiy ishlar toʻplami nashr etadi.