SAMARQAND VILOYATI — Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi viloyatlardan biri. 1887-y. 1 yanv. da sobiq Zarafshon okrugi oʻrnida tuzilgan. Tarkibiga Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Jizzax va Xoʻjand uyezdlari kirgan. Mayd. 68962 kv. km. Sv. aholisi 1897-y. gi aholi roʻyxatiga koʻra, 857847 kishidan iborat boʻlib, shundan erkaklar — 472915, ayollar — 384932, shahar aholisi — 135568 kishini (umumiy mikdorning 15,7%) tashkil etgan. Aholisining taxm. 68% oʻzbeklar, 23% qozoqlar va tojiklardan iborat boʻlib, shuningdek, ruslar, yahudiylar, loʻlilar, tatarlar, afgʻonlar, hindlar va b. yashagan. Oʻtroq aholining asosiy kismini oʻzbek va tojiklar, koʻchmanchi aholi esa qozoqlardan tashkil toptan. Oʻtroq aholi, asosan, dehqonchilik, koʻchmanchi aholi esa chorvachilik bilan mashgʻul boʻlgan.
Samarqand viloyati shaharlarida kustar hunarmandchilik yaxshi, f-kazavod sanoati esa, sust rivojlangan. Viloyatda 24 ta paxta tozalash z-di, 5 ta vino, 2 ta pivo z-di boʻlgan (1897). Samarqand viloyatidan chetga sholi, paxta, mayiz, quruq meva, un, teri, chorva, jun, ipak, yongʻoq, vino chikarilgan. Samarqand viloyati aholisi Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi koʻplab chiqishlar qilgan. Ayniqsa, 1916-y. gi Oʻrta Osiyo qoʻzgʻolonida viloyat aholisi faol ishtirok etgan (q. Jizzax qoʻzgʻoloni). 1924-y. Oʻrta Osiyo respublikalarida milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi munosab?. ti bilan Samarqand viloyati tugatilgan.