SAMARQAND BADIIY MUZEY-QOʻRIQXONASI

SAMARQAND BADIIY MUZEY-QOʻRIQXONASI, Samarqand davlat birlashgan tarixiy-meʼmoriy va badiiy muzey-qoʻriqxonasi — Samarqand sh. va Samarqand viloyatida muzeylarni markaziy boshqarish, tarixiy, madaniy va sanʼat yodgorliklarini saklash va roʻyxatga olishni nazorat kilish, yodgorliklarni taʼmirlash va konservatsiyalashni boshqaruvchi yagona tashkilot. 1982-y. Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi va uning boʻlimlari, shuningdek, Samarqand sh. va Samarqand viloyatidagi meʼmoriy yodgorliklar negizida tashkil kilingan. Muzeykoʻriqxona tarkibiga 8 ta muzey — Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi (bosh muzey), Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Samarqand sh. (Afrosiyob) tarixi muzeyi, Ulugʻbek rasadxonasi yodgorlik tarixi muzeyi, Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi, Kattaqoʻrgʻon sh. tarixoʻlkashunoslik muzeyi, Ishtixon tuman oʻlkashunoslik muzeyi, Paxtachi tuman tarix muzeyi va 6 ta meʼmoriy obidalar — Amir Temur maqbarasi, Bibixonim jome masjidi, Shohizinda ansambli, Hazrati Xizr masjidi, Xoʻja Doniyor maqbarasi, Hodir Devonbegi madrasasi kiradi. Muzeyqoʻriqxona Samarqand viloyati hududida joylashgan muzeylar xazinasidagi noyob osori atiqalar va tarixiy obidalarni avaylab asraydi, ilmiy jihatdan oʻrganadi, ularni yangi topilmalar bilan boyitadi, ular asosida yangi ekspozitsiya va koʻrgazmalar tashkil qiladi; shuningdek, ular haqida kitoblar, katalog, buklet, yoʻl koʻrsatkichlar nashr etadi, tarixiy obidalarda muzeylashtirish ishlarini olib boradi, muzeyqoʻrikxona hududida amalga oshiriladigan qurilish va taʼmirlash ishlarini nazorat qiladi. Tarixiy, madaniy va sanʼat yodgorliklarini saklash boʻyicha mavzuli (jumladan, Oʻzbekiston sanʼati va b.) kinolektoriy va xalq un-ti mashgʻulotlarini oʻtkazadi.

Muzey-qoʻriqxona xazinasida oʻzbek xalqi madaniyati va sanʼati tarixining barcha davrlardagi taraqqiyotini aks ettiradigan asl yodgorliklar — 206 mingdan ziyod eksponatlar saqlanadi (2003). Muzeyqoʻriqxona maʼmuriyati Registon maydoni (Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi binosi)da joylashgan.

Rahim Qayumov.