SAMARA VILOYATI

SAMARA VILOYATI — RFdagi viloyat. Rossiya Yevropa qismining jan. sharqida joylashgan. Volga boʻyi federal okrugiga kiradi. 1928-y. 14-mayda (Oʻrta Volga viloyati sifatida) tashkil qilingan. 1929-y. dan Oʻrta Volga oʻlkasi, 1935-y. dan Kuybishev oʻlkasi, 1936-y. dan 1991-y. gacha Kuybishev viloyati deb atalgan. Mayd. 53,6 ming km2. Axoliyey 3239,8 ming kishi (2002), asosan, ruslar, shuningdek, chuvash, tatar, mordva, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi — 80,6%. Markazi — Samara sh. Boshqa yirik shaharlari: Tolyatti, Sizran, Novokuybishevsk. Tarkibida 27 maʼmuriy tuman, 11 shahar, 23 shaharcha bor.

Viloyat Sharqiy Yevropa tekisligining jan. sharqida, Volga daryosining oʻrta oqimida, oʻrmonli dasht va dasht zonalari chegarasida joylashgan. Volga daryosi ikki (oʻng va chap sohili) qismga boʻlib turadi. Oʻng sohil qismida Volga boʻyi qirlari (eng baland joyi 370 m) bor. Chap sohili ham pastbaland. Foydali qazilmalari: neft, tabiiy gaz, bitum, yonuvchi slanes, sof oltingugurt, gips, ohaktosh. Iqlimi kontinental quruq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —14°, iyulniki 20°—22°. Yillik yogʻin 300—400 mm. Vegetatsiya davri 180 kun. Asosiy daryosi — Volga. Irmoklari: Usa, Sizran, Katta Cheremshan, Sok, Samara, Chagra, Katta Irgiz va b. Kuybishev va Saratov suv omborlari bor. Sv. xududining 12% oʻrmon. Tuproklari: toʻq sur tusli tuproq, qoratuproq, kashtan, podzollashgan tuproklar. Viloyatda boʻri, tulki, los, qobon, olmaxon, quyon, boʻrsiq, kemiruvchilar, suv kalamushi va b. ; qushlardan — qur, chil kaklik, karkur uchraydi. Dare, kul va b. suv havzalarida baliqturi koʻp. Samara viloyati hududida Samarskaya Luka milliy bogʻi, Jiguli qoʻriqxonasi bor. Yirik issiklik elektr stansiyalari, GESlar mavjud. Yetakchi sanoat tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (yengil avtomobillar — Volga avtomobil z-di; samolyotlar — «Aviakor»; stanoklar — Oʻrta Volga stanoksozlik z-di, «Soliton» korxonasi; q. x. mashinalari — Sizran q. x. mashinasozlik z-di; sement sanoati uchun jihozlar — «Volgotsemmash» i. ch. birlashmasi, konchilik va energetika sanoatlari uchun jihozlar — «Tyajmash» korxonasi, neft qazib olish uchun jihozlar — Samara doloto z-di; transformator podstansiyalari — «Elektroshchit» z-di; podshipniklar — «Shar» va b. korxonalar). Neftni qayta ishlash, neft kimyosi va kimyo sanoatlari (Samara, Novokuybishevsk va Sizran neftni k,ayta ishlash z-dlari); sintetik spirt, fenol, atseton i. ch. — «Sintezspirt» z-di; «Sintezkauchuk» i. ch. birlashmasi; mineral oʻgʻitlar i. ch. — «Kuybishevazot», «Tolyattiazot», «Kuybishevfosfor» i. ch. birlashmalari, kimyo oʻgʻitlari z-di; «Uglerod» korxonasi — sintetik smolalar; «Plastik» korxonasi — polimer plyonkalar, kurilish materiallari (sement, asbotsement quvurlari, shifer va b.), ozik,ovqat (un, goʻsht, sut, yogʻmoy korxonalari), yengil sanoatlari rivojlangan.

QX gʻallachilikchorvachilikka ixtisoslashgan. Tariq, kuzgi javdar, arpa, grechixa, qand lavlagi, dukkaklilar ekiladi. Asosiy texnika ekini — kungaboqar. Kartoshka, sabzavot, yem-xashak ekinlari ham yetishtiriladi. Mevazorlar bor. Asalarichilik rivojlangan. Chorvachilik goʻshtsut va goʻshtjunga ixtisoslashgan. Koramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Volgada kemalar katnaydi. Avtoyoʻllar uz. 7227 km, t. y. lar uzunligi 1388 km. Beryoza qishlogʻida «Kurumoch» xalqaro aeroporti bor. 11 oliy oʻquv yurti, 8 muzey, 5 teatr, sirk, filarmoniya, Sergiyev Mineral Suvlari kurorti mavjud.