SALAMANKA UNIVERSITETI

SALAMANKA UNIVERSITETI — Yevropadagi qad. un-tlardan biri. 1218-y. Ispaniyaning Salamanka sh. da tashkil topgan. Oʻrta asrlar va Uygʻonish davrida Bolonya, Parij, Oksford untlari qatori Yevropadagi yirik madaniy markazlardan biri boʻlgan. Bu davrda un-tda tabiiy fanlar oʻqitilgan, arab madaniyati anʼanalari rivojlantirilgan; Ibn Sino, Ibn Rushd va b. mashhur olimlarning asarlari ilk bor tarjima qilingan, dastlabki ensiklopedik nashrlar tayyorlangan. Inkvizitsiya hukmronligi davri (16-a.)da Kopernikning geliotsentrik sistemasi oʻqitilgan yagona oʻquv yurti boʻlgan. Ispaniyaning iqtisodiy tushkunligi munosabati bilan 17-a. boshlaridan, ayniqsa, 19-a. ning 60y. lari Madrid un-ti ispan fanining markaziga aylangandan soʻng Salamanka universiteti mavqei pasaydi. un-t falsafa va filol., huquq, tibbiyot, tabiiy fanlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 24 mingga yaqin talaba taʼlim oladi; kutubxonasida 200 mingdan ortiq asar saqlanadi.