SALAMANKA

SALAMANKA — Ispaniyaning markaziy qismidagi shahar, KastiliyaLeon muxtor viloyatida, Termes daryosi sohilida. Salamanka provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 349,5 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Oziqovqat, toʻqimachilik, koʻnteri sanoati korxonalari, 2 un-t (q. Salamanka universitetы) bor. Shahar mil. av. 5-a. dan maʼlum. Salamanka karfagenliklar (mil. av. 3-a.), rimliklar (mil. av. 2-a.), arablar (8—11-a. lar) qoʻl ostida boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 12 — 18-a. larga oid sobor, un-t binosi va b. saqlangan.