SALAMANDRASIMONLAR

SALAMANDRASIMONLAR (Salamandridae) — dumli suvda va quruklikda yashovchilar oilasi. Uz. 10—28 sm. Tishlari ustki va ostki jagʻlarida joylashgan; qrvoklari rivojlangan; voyaga yetgan davrida oʻpkasi bor. 45 turi Yevrosiyo, Shim. Afrika, Shim. Amerikada tarqalgan. Haqiqiy salamandralarga dumli salamandralar, tritonlar urugʻlari kiradi. Haqiqiy salamandralar Markaziy va Jan. Yevropa, Shim. Gʻarbiy Afrika, Jangʻarbiy Osiyoda tarqalgan. Quruqlikda yashaydi. Dogʻli, yaʼni olovli salamandra koʻpchilikka maʼlum, uz 20—28 sm; qora yaltiroq tanasida yorqin sariq rangli dogʻlari boʻladi; tirik tugʻadi. Uzun dumlilardan Kavkaz salamandrasi Gʻarbiy Kavkazda uchraydi; uz. 19 sm gacha, endemik tur. Tritonlar suvda va suv boʻyida hayot kechiradi; salqin va nam oʻrmonlar, togʻ daryolari boʻyida uchraydi, okshomlari va kechasi ovga chiqadi; mayda umurtqasizlar bilan oziklanadi. Urugʻlanishi ichki; urgochisi tuxumlarini suvga qoʻyadi. Lichinkasi suvda rivojlanadi. Koʻpchilik turlari tuxumdan tirik tugʻadi. Lab. hayvonlari sifatida foydalaniladi. Oʻrta Osiyo hududida Salamandrasimonlar uchramaydi; tritonlar akvariumda boqiladi.