SALAKA

SALAKA (Clupea harengus membras) — seldlar urugʻiga mansub baliq, atlantika seldining kenja turi. Uz. 20 sm gacha, gigant S—38 sm gacha. Boltik, dengizining sharqiy qismi, ayrim Shvetsiya koʻllarida tarqalgan. Tuda boʻlib yashaydi. Tez oʻsadi. Planktonxoʻr, gigant Salaka — yirtkich. 6—11 y. yashaydi. 2—3 yoshda (uz. 10—12 sm) voyaga yetadi. Sohil yaqiniga 2—20 m chuqurlikka 10 mingga yaqin uvildiriq tashlaydi. Ovlanadi.