SALAVAT YULAYEV

SALAVAT YULAYEV (1752.5.6, Tekeyevo qishlogʻi, hoz. Boshqirdiston respublikasi, Salavat r-ni — 1800.26.9, Rogervik, hoz. Paldiski sh., Estoniya) — boshqird xalqining milliy qahramoni, badihagoʻy shoir. Dehqonlar urushi qatnashchisi (1773—75). Ye. Pugachyov safdoshi. Volost oqsoqolining oʻgʻli. 1773-y. ning kuzida Pugachyovga qarshi kurashga yuborilgan. Pekin, SYU. 2 minglik otryadi bilan qoʻzgʻolonchilarga qoʻshilgan. Oʻzini iqtidorli tashkilotchi va capkarda ekanligini namoyon qilgan. 1773-y. ning oxirida Boshqirdistonning shim. sharqida 10 minglik otryad toʻplab Krasnoufimsk va Kungur r-nlarida qator muvaffaqiyatli janglar oʻtkazgan. 1774-y. noyabda asir olingan. 1775-y. sent. da otasi (dehqonlar urushi qatnashchisi) b-n birgalikda Boltiqboʻyidagi Rogervik qalʼasiga umrbod katorgaga hukm qilingan. Salavat Yulayev poeziyasi boshkird ogʻzaki sheʼriyatining eng yaxshi namunalaridan sanaladi. Boshqirdistondagi r-n, shaharga nomi berilgan va Davlat mukofoti taʼsis etilgan.