SALAVAT

SALAVAT — RF Boshqirdiston Respublikasidagi shahar (1954-y. dan). Oq Idil (Kama irmogi) daryosi boʻyida. Ufadan 188 km jan. dagi t. y. stansiyasi. Aholisi 155,6 ming kishi (1998). Neftni qayta ishlash, neft kimyosi va kimyo mashinasozligi sanoatlari bor. Qurilish materiallari korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Ufa neft in-tining kechki fti, bir necha oʻrta maxsus bilim yurtlari, drama teatri mavjud. Shahar Salavat Yulayev nomiga qoʻyilgan.