SAKSONIYA-ANXALT

SAKSONIYA-ANXALT — Germaniya yeri (federativ birlik). Elba daryosi havzasida. Mayd. 20,4 ming km2. Axoliyey 2,5 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Magdeburg sh. S. A. hududining katta kismi Magdeburg tekisligida joylashgan boʻlib, jan. gʻarbda Gars togʻlariga oʻtib boradi. Fleming togʻlari Saksoniya-Anxaltning sharkiy chegarasi xisoblanadi. Saksoniya-Anxalt mustakil yer sifatida qisqa tarixga ega. U 1947-y. dan 1952-y. gacha mavjud boʻlgan va 1990-y. 3 okt. da Germaniya birlashganidan soʻng qayta tashkil etilgan. Saksoniya-Anxalt tarkibidagi baʼzi xududlar Germaniyaning qad. madaniyat markazlaridan hisoblanadi. Saksoniya-Anxaltning shim. dagi Altmark Brandenburg kul ostida boʻlgan. Jan. va sharqida Saksoniya hukmronlik qilgan. Anxolt yeri 1212-y. da yuzaga kelgan. Saksoniya-Anxalt — mamlakatning eng shim. uzumchilik r-ni. Magdeburg tekisligining unumdor tuprogʻida donli ekinlar, qand lavlagi, kartoshka, sabzavotlar ekiladi. Saksoniya-Anxaltda oziq-ovqat sanoati korxonalari, xususan, qand z-di koʻp. Ogʻir va transport mashinasozligi, kimyo sanoatlari rivojlangan. Dessauda samolyot ishlab chiqariladi.