SAKSONIYA

SAKSONIYA — Germaniya yeri (federativ birlik). Mamlakatning jan. sharqiy qismida, Chexiya bilan chegaradosh. S hududidan Elba daryosi oqib oʻtadi. Mayd. 18,4 ming km2. Aholisi 4,38 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Drezden sh.

Saksoniya GFR yeri sifatida yangi tashkil qilingan boʻlsada, uzoq tarixga ega. Qadimda u tarixiy viloyat boʻlgan. 10-a. da tuzilgan Meysen markazi Saksoniyaning negizi boʻlgan. 1806-y. dan qirollik. 1918-y. da Saksoniyada qirollik agʻdarilib, respublika eʼlon qilindi. 2-jahon urushiga qadar S hududida joylashgan Drezden, Leypsig va Xemnis sh. lari mamlakatning industriya markazlari boʻlgan. 1952-y. da hudud GDR tarkibidagi bir necha okrugga boʻlingan. 1990-y. da ushbu okruglar yer sifatida birlashib GFR tarkibiga kirdi. Saksoniya — Germaniyaning aholi eng zich joylashgan va sanoati rivojlangan yerlaridan. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik (xususan, avtomobilsozlik, radioelektronika va elektrotexnika sanoatlari), toʻqimachilik sanoati uchun mashina va stanoklar, sovitkich va fotoapparatlar ishlab chiqariladi. Kimyo, poligrafiya, toʻqimachilik, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Drezden sh. turizm markazlaridan (yiliga 5 mln. sayyoh kelibketadi). Leypsigda qadimdan noshirlik ishi rivojlangan. Bu yerda har yili xalqaro kitoblar yarmarkasi utkazil adi.