SAKSONIYA

SAKSONIYA — 1) sakslar yashagan tarixiy viloyat, ular bu yerda gersoglikka asos solganlar (9-a. oxiri — 1180; Germaniyaning Quyi Saksoniya hududiga toʻgʻri keladi).

2) Germaniyaning oʻrta qismidagi oʻrta asrlar knyazligi (15-a. dan kurfyurstlik), 1806—1918-y. larda qirollik (poytaxti — Drezden); 1815-y. qirollik hududining taxm. 1/2 qismi Prussiya tasarrufiga oʻtgan va unga qarashli Saksoniya provinsiyasining asosiy qismini tashkil qilgan, soʻng yer.