SAKSOVUL

SAKSOVUL (Haloxylon) — shoʻradoshlar oilasiga mansub buta va daraxtlar turkumi. Boʻyi 1,5—12 m, tanasining diametri 1 m gacha boradi. Guli mayda, ikki jinsli, qaramaqarshi, tangachasimon, guloldi qoʻltigʻida bittadan oʻrnashgan. Barglari uchli, rivojlanmagan, tangachasimon, gul xreil qiluvchi novdachalari qari shoxlardan oʻsib chiqadi. Saksovulning yashil novdalari organik modsa toʻplashga xizmat qiladi. Iillik yosh novdalarining koʻp qismi kuzda, ayniqsa, sovuq tushishi bilan toʻkilib ketadi, ozroq qismi esa yogʻochga aylanib saqlanib qoladi. Alr. dan gullay boshlaydi, okt. da urugʻlaydi. Osiyo (Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Xitoy, Mongoliya)da 10 turi uchraydi. Oʻzbekistonning Qizilqum choʻllarida oʻrmonlarni hosil qiluvchi asosiy turlar — oq va qora Saksovul dir. Kora S. (N. aphyllum) — bargsiz buta yoki daraxt, bal. 4—9 (12) m gacha. Asosan, Osiyoning choʻl va chala choʻllarida, shoʻrxok yerlarda, shoʻrlangan qumlarda, taqirlarda koʻp tarqalgan. Urugʻidan koʻpayadi. Yoʻllarda ixotazorlar barpo etishda foydalaniladi. Qora Saksovul katta daraxtzorlar hosil qiladi, oq Sdan tana va shoxshabbasining qoramtir boʻlishi, bargining tuzilishi bilan ajralib turadi. Oq S. (H.persicum) — yirik buta. Bal. 2,5—6 m. Ildizi 10—11 m chuqurlikka boradi. Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Iroq, Saudiya Arabistoni, Gʻarbiy Xitoyning choʻl va sahrolarida oʻsadi. Oq S. qumliklarni mustahkamlash uchun ekiladi. Zaysan Si (H.ammodendron) turi Qoraqalpogʻistonning ayrim joylari (Ustyurt)da uchraydi.

Saksovulning xalq xoʻjaligida ahamiyati katta. Undan, asosan, oʻtin (yoqilgʻi), qoʻylar va tuyalar uchun toʻyimli ozuqa, qumlarni mustahkamlovchi, shamolni toʻsuvchi vosita sifatida foydalaniladi. S oʻrmonlari tuproqni eroziyadan saqlashda muhim oʻrinda turadi. Saksovul 50— 60 y. yashaydi. Asosan, urugʻidan koʻpayadi va 5—7yili normal urugʻlay boshlaydi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda S oʻrmonlari 22 mln. ga atrofida. Oʻzbekistonda Saksovul oʻrmonlari 1229 ming ga, shundan oq Saksovul 976 ming ga, qora Saksovul 253 ming ga ni egallaydi.

Oʻzbekistonda choʻl va yaylovlarga ekish uchun 1991-y. da chiqarilgan Nortuya navi r-nlashtirilgan. Soʻnggi yillarda Saksovulni koʻpaytirish maqsadida bir qator oʻrmon xoʻjaliklari tashkil etilib, sunʼiy saksovulzorlar barpo qilinmoqda.

Abdushukur Xonazarov.