SAKSIN

SAKSIN — Volga daryosining quyi oqimi boʻyidagi oʻrta asr shaxri. Arab geograflari (10—14-a. lar) tomonidan katta savdo shahri sifatida qayd etilgan. Aniq joylashgan yeri nomaʼlum. Baʼzi olimlar uni ilgari Itil sh. bilan qiyoslasalar, boshqalari uni SaroyBotu yoxud SaroyBerka oʻrnida boʻlgan deb biladilar. S. Itildan soʻng Xazar xoqonligshljt poytaxti boʻlgan. 11-a. da vayron qilingan. 12-a. da qaytatiklangan va 14-a. da ham mavjud boʻlgan. Saksin va Bulgʻordan xorijiy mamlakatlarga moʻyna chiqarilgan.