SAKRAMENTO

SAKRAMENTO — AQSHning gʻarbiy kismidagi shahar. Kaliforniya shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 407 ming kishi (2000). Sakramento daryosi boʻyidagi port. Transport yoʻllari tuguni. Kara Kaliforniya vodiysi shim. qismining savdo markazi. Raketakosmik, radioelektronika, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Kaliforniya un-ti boʻlimi bor. Shaxarga 1848-y. da asos solingan.