SAKKULINA

SAKKULINA (Sacculina carcini) umurtqasiz hayvonlarning ildizboshlilar kenja turkumiga mansub parazit dengiz hayvoni. Gavdasi xaltacha koʻrinishida boʻlib, ildizsimon oʻsiqlari bor. Bu oʻsiqlar krab tanasiga teshib kiradi. Sakkulina tuxumidan olti oyokli lichinkalar — nauplius rivojlanadi. Lichinkalar 4—5 kundan soʻng ikki tavaqali chiganoqqa oʻraladi va parazit hayot kechirishga oʻtadi. Bu vaqtda ular tana va chigʻanogʻini tashlab yuboradi. Qolgan bosh qismi krabga oʻsib kiradi va undan voyaga yetgan germafrodit (q. Germadrofitizm) individ rivojlanadi.