SAKKIZ YILLIK MAKTAB

SAKKIZ YILLIK MAKTAB — toʻliqsiz oʻrta maʼlumot bergan umumiy taʼlim maktabi. Tayanch maktab deb yuritilgan bu oʻquv muassasalari 1958-y. dan yetti yillik maktab oʻrnida tashkil etilgan. Oʻzbekistonda yetti yillik umumiy majburiy taʼlimdan sakkiz yillik umumiy majburiy taʼlimga oʻtish 1959/60 oʻquv yilida boshlanib, 1962/ 63 oʻquv yilida toʻliqtugallangan. Sakkiz yillik maktab 7 yoshdan 15—16 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar taʼlim-tarbiyasini uyushtiruvchi oʻquvtarbiyaviy maskan hisoblangan. Ularda oʻquvtarbiyaviy ishlar mehnat tarbiyasi va amaliyot bilan bogʻliq holda olib borilgan. Sakkiz yillik maktabni bitirgan oʻquvchi sakkiz yillik maʼlumot olganligi toʻgʻrisida shahodatnomaga ega boʻlgan. Bu shahodatnoma umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9sinfiga, oʻrta maxsus hamda hunartexnika oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirish huquqini bergan. 1984-y. dan umumiy oʻrta taʼlim maktablarita aylantirilgan.