SAKKIZ YOQLI MAQBARA

SAKKIZ YOQLI MAQBARA — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (15a.). Shohizinda ansambli tarkibida. Samarqand meʼmorligiga xos boʻlmagan (ozarbayjonlik meʼmor qurgan deb taxmin qilinadi) uslubda, 8 ravoqli (nomi ham shundan), tomonlari ochiq qilib qurilgan. Tagila doira tarxli daxma — goʻrxona joylashgan. Tashqi qirralari sopol gʻishtchalar bilan qoplangan. Ravoq tepasidagi qanoslari yorqin lojuvard rangda terma koshinlar bilan bezatilgan. Gumbazi (diametri — 6,3 m) qayta tiklangan. Ichki bezagida qizil, koʻk va oq rangdagi naqshlar qoʻllanilgan.