SAKEN SAYFULLIN

SAKEN SAYFULLIN (taxallusi; asl ismi Saidvaqqos) (1894.12.6, Oqmoʻla viloyati Nilda volosti — 1939.3.2, Olmaota) — qozoq yozuvchisi va davlat arbobi. Omskdagi oʻqituvchilar seminariysida oʻqib yurgan kezlarida (1913 — 16) sheʼrlar yoza boshlagan va bu sheʼrlar 1914-y. da Qozonda «Oʻtgan kunlar» nomi b-n nashr etilgan. S. S. Omskda bolsheviklar bilan tanishib, ular taʼsiriga berilgan. Fevral voqealaridan keyin (1917) Oqmoʻlada «Yosh qazaq» shahar yoshlari harakatini tashkil etib, «Tirikchilik» gaz. ni nashr etgan. Qozogʻiston ASSR maorif xalq komissari (1922), XKS raisi (192225). Saken Sayfullin keyinchalik ijodiypedagogik sohalarga oʻtib, «Enbekshi qazaq» («Mehnatkash qozoq») gaz. va «Adabiyot maydoni» jur. da muharrir (1922—25), Qiziloʻrda xalq maorif inti (1925 — 28), Toshkent (1927—28), hamda Qozoq pedagogika intlari (1930— 37)da oʻqituvchilik qilgan. Saken Sayfullin «Asov tulpor» (1922), «Doʻmbira» (1922), «Ekspress» (1926), «Turmush toʻlqinida» (1928) sheʼriy toʻplamlari, «Koʻkchetov», «Choʻloq saygʻoq» (1924), «Ayrilgan oqqushlar» (1925), «Chjan Saolin» (1927) dostonlari, «Baxt yoʻlida», «Qizil shunqorlar» (1920) pyesalari, «Top yoʻl, toygʻoq kechuv» tarixiymemuar romani (1927), «Oysha» (1922), «Yer qazuvchilar» (1928), «Mevalar» (1935) qissalari, qozoq adabiyoti va folklori haqidagi maqolalar muallifi. Saken Sayfullin «mayakovskiycha» erkin sheʼr tuzilishini qozoq sheʼriyatiga olib kirgan. Asossiz repressiya qilingan; oʻlimidan soʻng oqlangan.