SAKATEKAS

SAKATEKAS — Meksikaning markaziy qismidagi shtat. Mayd. 75 ming km2. Aholisi 1,3 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Sakatekas sh. S. Meksika togʻligida joylashgan. Iklimi togʻtropik, quruq iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 9—25°. Yillik yogʻin 500 mm gacha. Kserofit oʻsimliklar oʻsadi. Xoʻjaligida q. x. yetakchi tarmoq. Mevazorlar bor. Togʻ etaklarida chorvachilik rivojlangan. Polimetall ruda konlari bor. Rangli metallurgiya, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari ishlab turibdi. Sakatekas orqali Mexiko sh. ni mamlakatning shim. shtatlari bilan bogʻlovchi t. y. va avtomobil yoʻllari oʻtgan.