SAKARIYA

SAKARIYA — Turkiyaning shim. gʻarbiy qismidagi daryo. Uz. 790 km, havzasining mayd. 65 ming km2. Anadolu yassitogʻligidan boshlanib, Qora dengizga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 200 m3/ sek., qishda toshadi. GESlar qurilgan. Sugʻorishda foydalaniladi. Sakariya boʻyida Adapazari sh. joylashgan.