SAYGʻOQ

SAYGʻOQ, oqquyruq (Saiga tatarica) — quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli hayvon. Erkagi gavdasining uz. 110—140 sm gacha, boʻyi 80 sm, ogʻirligi 40 kg gacha. Urgʻochisi erkagidan kichik. Shoxi och sariq, uz. 40 sm gacha. Urgʻochisi shoxsiz. S. Mongoliya, Gʻarbiy Xitoyning chala choʻllarida, Qozogʻiston, Qalmiq choʻllari va Quyi Volga, Oʻrta Osiyoning shim. da tarqalgan. Kattakatta poda boʻlib yashaydi, harakatchan,. 70 — 80 km/soat tezlikda yuguradi. Saygʻoq — choʻl va dashtning tipik hayvoni.

U oʻtlar bilan oziklanadi, qishda janub tomonga qarab koʻchadi. Saygʻoq qor kalin tushganda koʻplab halok boʻladi. Noyab. — dek. da juftlashadi. Boʻgʻozlik davri 5 oycha, boshqa tuyokli hayvonlardan farq qilgan holda koʻpincha 2 tadan bola tugʻadi. Goʻshti va terisi uchun ovlanadi. 20-a. ning boshlarida Saygʻoqning soni keskin kamayib ketganligidan 1919-y. dan boshlab ovlash man etilgan. 1954-y. dan litsenziya boʻyicha ovlashga ruxsat etilgan. Mavsumiy ovlanadi. Oʻzbekistonda Saygʻoqli davlat buyurtma hududida koʻpaytirilmoqda.