SAYXUNOBOD TUMANI

SAYXUNOBOD TUMANI — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1952-y. Verxnevolinskoye tumani nomi bilan tashkil qilingan. 1959-y. Sirdaryo va Guliston tumanlari tarkibiga qoʻshilgan. 1970-y. 7 dek. da Voroshilov tumani nomi bilan qayta tashkil etildi. 1984-y. dan St. nomi bilan yuritiladi. Shim. da Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq, Oqqoʻrgʻon, sharqda Boʻka tumanlari, shim. gʻarb va gʻarbda viloyatning Sirdaryo, jan. da Guliston tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,55 ming km2. Axoliyey 61,9 ming kishi (2003). Tumanda 1 shaharcha (Sayxun), 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Guliston, Istiqlol, Ittifoq, Nurota, Shoʻroʻzak, Yangihayot, Oʻzbekiston) bor. Tuman markazi — Sayxun shaharchasi.

Tabiati. St. Mirzachoʻlning sharqida joylashgan. Relyefi pasttekislik. Grunt suvlari shoʻr. Tuman hududidan «Oʻng tarmoq» kanali oqib oʻtadi (tuman hududidagi uz. 31 km). Undan sugʻorish uchun ekin maydonlariga kichik tarmoklar chiqarilgan (Shoʻroʻzak kanali — 15 km va b.). Shoʻr sizot suvlar arik, va zovurlar orqali Bosh Qayir, Shoʻroʻzak va b. kollektorlarga oqadi. Tuman sharkda Sirdaryoga tutashgan. Past joylarda baʼzan kichik koʻllar (Shoʻrkoʻl, Qolgansir, Koʻrkoʻl) uchraydi. Iqlimi kontinental. Oʻrtacha tra iyulda 28°, yanv. da —2°dan —4° gacha. Yillik yogʻin 200—250 mm. Vegetatsiya davri 195—200 kun. Dastlabki kuzgi sovuq okt. oʻrtalaridan tusha boshlaydi, apr. ning birinchi yarmigacha sovuq boʻlishi mumkin. Tuproqlari lyoss katlam ustida paydo boʻlgan och tusli boʻz tuproq va oʻtloqi allyuvial tuproqlardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklar (qamish, yantoq, ajriq va b.) yoʻl, ariq, zovur va koʻl chetlarida uchraydi. Hayvonlardan yovvoyi oʻrdak, qashqaldoq, ilon, kaltakesak, suv havzalarida baliklar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, tatar, rus, koreys va b. millat vakilari ham yashaydi. Axshshning oʻrtacha zichligi 1 km2ga 121,6 kishi (2003). Qishloq aholisi 56461, shahar aholisi 5439 kishi.

Xoʻjaligi. Dehqonchilik, asosan, paxtachilik — tuman xoʻjaligining negizini tashkil qiladi. Shirkat xoʻjaliklari paxtachilikdan tashqari gʻallachilik, polizchilik, sabzavotchilik, chorvachilik b-n shugʻullanadi. Tumanda 5 qoʻshma, 15 kichik, 56 xususiy korxonalar, 24 aksiyadorlik jamiyatlari mavjud. Sanoat, transport, qurilish, aloqa korxonalari bor. Shulardan paxta tozalash z-di, «Oqoltindon» korxonasi, MTP, avtokorxona, tuman matlubot jamiyati va ishchilar kooperatsiyasi ishlab turibdi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.

Tumandagi ekin maydonlariga paxta, don, sabzavot, poliz, yem-xashak ekinlari, kartoshka, beda ekiladi. Sayxunobod tumanida 11 shirkat, 795 fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida krramol, qoʻy va echki, ot, parranda boqiladi. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtadi. Umumiy taʼlim maktablari, gimnaziya, litsey, kasb-hunar kolleji mavjud. Markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, madaniyat uylari, bolalar musiqa maktabi bor. Kasalxona, tugʻruqxona, bolalar va kattalar poliklinikalari va b. tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. «Yangi hayot» tuman gaz. chiqadi.