SAYFULLAYEV Fuat Xatipovich

SAYFULLAYEV Fuat Xatipovich (1911.17.8, Oqtoʻba sh., Qozogʻiston — 1989.26.2, Toshkent) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964), prof. (1983). Oʻzbekiston MIK qoshidagi Sovet qurilishi va huquq in-tini tugatgan (1936). Sayfullayev Toshkent yuridik in-ti (fakulteti)ning fuqarolik huquqi kafedrasi prof. boʻlib ishladi. Uning rahbarligi va bevosita ishtirokida fuqarolik huquqiga oid bir qator qonun loyihalari tayyorlangan, darsliklar yozilgan.