SAYFIDDIN BOHARZIY

SAYFIDDIN BOHARZIY (1190.8.9. Xurosonning Boharz qishlogʻi — 1261.20.10, Buxoro) — kubroviylik tariqatining yirik namoyandasi, mutasavvif va shayx. Hirot va Nishopur madrasalarida tahsil olgan. Makka va Madinaga safar qilgan. Keyinchalik Xorazm va Buxoroda muqim yashagan. Koʻhna Urganchda Najmiddin Kubrossh tasavvuf taʼlimotini oʻrgangan va uning xalifasi sifatida keyinchalik kubroviylik tariqatini rivojlantirgan. Sayfiddin Boharziydan kubroviylikning hind shoxobchasi — firdavsiya boshlanadi.

Jomiyiint yozishicha, Sayfiddin Boharziy Kubro tomonidan Buxoroga yuborilgan va u bu yerda 40 y. dan ortiq yashagan. U moʻgʻullar bosqiniga qattiq qarshilik koʻrsatgan. Sayfiddin Boharziyning xalq oʻrtasidagi kuchli nufuzidan choʻchigan moʻgʻul hukmdorlari u b-n hisoblashishga majbur boʻlishgan. «Tarixi Banokatiy» (15-a.) asarida keltirilishicha, moʻgʻul xoqonlari Munkexon (1251—60), Hulaguxon (1256-65), Xubilayxon (1260-94)larning onasi — Suyurkoʻktani beka (Tuluyning bevasi) Buxoroda Xoniya madrasasi va xonaqoh qurdirib, unga juda koʻp qishloqlarni vaqf qilgan hamda shayx SB. ni mudarris va mutavalli qilib tayinlagan. Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hayotda shayxning oʻrni katta boʻlgan. Oltin Oʻrda xoni Berkaxon ham unga eʼtiqod qilib Buxoroga kelgan va pirga murid tushib, islom dinini qabul qilgan (13-a. ning 50y.

lari). Berkaxon musulmon boʻlgach, oʻziga Barakaxon nomini olgan va Shim. Kavkazdan to Sibirgacha choʻzilgan ulkan davlati hududida islom dinini joriy qilib, masjid va madrasalar qurdirgan. Bu voqeadan soʻng Sayfiddin Boharziyga Shayx ulolam (Olam shayxi) unvoni, Buxoro sh. ga esa, Buxoroi sharif maqomi berilgan. Sayfiddin Boharziy arab va fors tillarida «Sharh alasmo alhusno» («Allohniug goʻzal ismlari sharhi»), «Risola dar ishq» («Ishq haqida risola»), «Voqeai xilvat» («Xilvatdagi voqea»), «Ruboiyot», «Roʻznoma», «Vasiyatnoma» va b. asarlar hamda toʻrtliklar yozgan. S. B. Fathobod mavzeida (Qarshi darvozasi roʻparasida) dafn etilgan. Qabri ustiga maqbara qurilgan (q. Sayfiddin Boharziy maqbarasi).

Ad.: Alisher Navoiy, Nasoyim ulmuhabbat (Mukammal asarlar toʻplami, 20 j. li), 17j., T., 2001; Trimingem Dj., Sufiyskiye ordena v islame, M., 1989; Gafurova R. L., Kitobi Mullazade, T., 1992; Buxoro Sharq durdonasi, T., 1997.

Qahramon Rajabov.