SAYMA

SAYMA — Finlyandiyaning jan. sharqiy qismidagi koʻllar sistemasi. Mayd. 4400 km2 (eng kattasi — Sayma koʻli, mayd. 1800 km2), eng chuqur joyi 82 m. Qirgʻoqlari kuchli yemirilgan, tik; orol koʻp. Dek. dan maygacha muzlaydi. Vuoksa daryosi orkali Ladoga koʻliga oqadi. Orollarda milliy parklar tashkil qilingan. Kema qatnaydi, yogʻoch tashiladi. Sayma kanali orqali Fin qoʻltigʻi b-n bogʻlangan. Lappenranta, Savonlinna va b. portlar bor.