SAYYID MIR KULOL

SAYYID MIR KULOL Buxoriy [13-a. oxiri, Buxoro yaqini (hoz. Kogon tumani)dagi Suxor qishlogʻi — 1370] — xojagonnaqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik 7 pirning oltinchisi. Samosiydan tahsil olgan. Kulolchilik bilan shugʻullangan (nomi shundan). Uning 114 xalifasi boʻlib, Bahouddin Naqshband, Shamsuddin Kulol (Amir Temurning piri), Xoja Orif Deggaroniy eng mashhurlari sanalgan. Sayyid Mir Kulol xafiy (ovoz chiqarmay) zikr bilan birga jahriy (baland ovozda) zikrdan ham foydalangan. U jahriy zikr tarafdori edi. Sayyid Mir Kulol tugʻilgan qishlogʻida dafn etilgan. Qabri ustida maqbara oʻrnatilgan.

Ad.: Alisher Navoiy, Nasoyim ulmuhabbat (Mukammal asarlar toʻplami, 17j.), T., 2001; Durdona, Mir Kulol va Shohi Naqshband maqomatlari, T., 1993.