SAYYID

SAYYID, sayd (arab. — janob) — 1) Muhammad paygʻambar (as) avlodlariga mansub kishining unvoni. Arablarda islomga qadar qabilaning saylanadigan rahbarlari unvoni — boshliq, masʼul shaxs degan maʼnoni anglatgan. Lshning otasi Abu Tolib bir vaqtlar quraysh qabilasining Sayyid laridan boʻlgan. Shuning uchun bu unvon Alining oʻgʻillari Hasan va Husaynning butun avlodlari ismiga qoʻyiladigan faxriy unvon hisoblangan. Sayyid larning qiziga uylangan kishining farzandlari ham Sayyid hisoblangan. Shuning uchun ham musulmonlar dunyosida, jumladan, Movarounnahrda koʻpincha hukmdorlar oʻz avlodlari mavqeini koʻtarish maqsadida Sayyidlar qiziga uylanishga harakat qilishgan. Oʻrta asrlarda, yangi va eng yangi davrlarda koʻpgina hukmdorlar, shu jumladan, Buxoro amirlari, Xiva xonlari hamda turli ijtimoiy tabaqalarga mansub boʻlgan shaxs ham paygʻambar avlodidan hisoblanmasada, oʻzlarini Sayyid deb atayverganlar.

2) xoʻja, boshliq, rahbar.