SAYIS

SAYIS (arab. — otboqar) — Oʻrta Osiyo xonliklarida harbiy va xoʻjalik ehtiyojlari uchun saqlangan otlarni parvarish qiluvchi shaxs. S. lar bevosita otxonalar yoniga qurilgan maxsus uylar — sayisxonalarda istiqomat qilishgan. Sayislar boshligʻi miroxur deb atalgan.