SAYIDO NASAFIY

SAYIDO NASAFIY (taxallusi; ismi Mirobid) (1637—Nasaf — 1710) — shoir. Buxoro madrasalarida oʻqigan. Toʻquvchilik bilan kun kechirgan. Turdi b-n yaqin doʻst boʻlgan, uning taʼsirida ijodi kamolga yetgan. Dastlab asarlarida ashtarxoniy hukmdorlarni madh etgan, ularga madhiyalar yozgan. Lekin ijtimoiy tengsizlik, adolatsizliklar mohiyatini tushungach, madhiyabozlikdan uzoklashgan. Asarlarida jabru zulmga qarshi norozilik asosiy oʻrinni egallagan. «Shaxr oshub» manzuma sida 212 xil kasb-hunar egasi haqida fikr bildirgan, hunar axlini ulugʻlagan. «Bahoriyot» («Hayvonotnoma») majoziymunozara asarida, ayrim gʻazallarida oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy muqiti tanqid qilingan. Asarlari nafis, sodda tilda yozilgani uchun tez ommalashgan.

Ad.: Ravshanov P., Adabiy sahifalar, T., 1985.