SAYYOHLAR DARAXTI

SAYYOHLAR DARAXTI (Ravenala madagascariensis) — strelitziyadoshlar oilasiga mansub daraxt. Boʻyi 10 m gacha, barglari yirik, oʻrta tomirlarigacha boʻlaklarga boʻlingan, tovusning yoyilib turgan patlarini eslatadi. Guli boshoqsimon toʻpgulda oʻrnashgan, qushlar vositasida changlanadi. Mevasi rezavor, bodringga oʻxshaydi. Madagaskar va Reyunyon orollarida oʻsadi. Choʻl va saxrolarda sayyoxlar uning soyasida oftobdan saqlanishadi; barg qoʻltigʻida shudring va yomgʻir tomchilaridan hosil boʻladigan suvdan ichib, chanqoklarini qondirishadi.