SAYYORALARARO MUHIT

SAYYORALARARO MUHIT — Kuyosh sistemasi sayyoralari orasidagi fazoni toʻldirgan modda. Bunday sayyoralarning tashki atmosferasi, kometalar, Kuyosh tojining quyoshga yaqin qismi, Quyoshdan chiqib turadigan kosmik nurlar S. m. tushunchasiga kirmaydi. Sayyoralararo muhitda tortish maydoni, magnit va elektrostatik maydonlar mavjud. Sayyoralararo muhit zodikal yogʻdulanish va Quyosh toji Gʻ va Kkomponentlarida kuzatiladigan hodisalar bilan uzviy bogʻliq. Gazsimon (neytral va ionlashgan) va qattiq komponentlarga boʻlinadi. Sayyoralararo muhitning gazsimon aralashmalari Quyosh tojining ionlashgan gazlar oqimidan, sayyoralar atmosferasi gazlari, kometalardan ajralib chiqadigan gaz va protoquyosh gazlardan iborat boʻladi (q. Protoyulduzlar). Yer orbitasi bilan Quyosh oʻrtasidagi sayyoralararo gaz yaxshi oʻrganilgan. Sayyoralararo muhitning changsimon komponentlari kometalar, sayyoralar yoʻldoshlari, meteor jismlar, kichik sayyoralar va protoquyosh moddalarning evolyutsiya mahsulotlaridan tashkil topgan.

20-a. ning 50y. larigacha Quyosh sistemasi muvozanatlashgan ionizatsiyali statsionar gaz bilan toʻlgan deb taxmin qilinar edi. Keyinchalik Sayyoralararo muhitning dinamik nazariyasi yaratildi. Unga koʻra, Sayyoralararo muhitning gazsimon komponenti Quyosh toji moddasining kengayishidan va moddaga ilashuvchi magnit maydonidan iborat. 1958-y. da Quyosh toji moddasi kengayishining matematik nazariyasi yaratilib, unda Quyosh shamoli termini keng qoʻllaniladi. Quyosh shamoli ion va elektronlardan iborat boʻlib, elektr jihatidan neytraldir.

60y. lardan boshlab Sayyoralararo muhit Yer sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik zondlar yordamida muntazam ravishda oʻrganilmoqda. Asosan, plazmali zondlar, juda sezgir magnit hamda elektrostatik analizatorlar va magnitometrlar yordamida Kuyosh shamoli zarrasining energetik, umumiy va zaryad spektrlariga oid va b. kattaliklar, Venera va Mars orbitalari orasidagi magnit maydoni topografiyasining mikro va makrostrukturasi oʻrganiladi, shuningdek, bu kattaliklarning vaqt oʻtishi va Quyosh aktivligiga bogʻliq holda oʻzgarishlari kuzatilib boriladi. Quyosh shamolining tezligi va zichligi radiolokatsiya usuli bilan tekshiriladi. Quyosh shamolining oʻrtacha energiyasi 15eV boʻlgan elektron komponenti qariyb izotrop burchak boʻyicha taqsimlanadi.

Sayyoralararo muhit magnit maydoni, asosan, Quyosh shamolining maydonidir. Yer orbitasi yaqinida sayyoralararo maydon kuchlanganligi 10~4 — 10~5 gs. Sayyoralararo muhit magnit maydoni sektor strukturali: bir sektorda magnit maydoni Quyoshdan kelayotgan, boshqasida Quyoshga ketayotgan yoʻnalishga ega, kuchlanganligi 310~5—5Yu»5 ersted.

Sayyoralararo muhit magnit maydonining muntazamligi turli xil plazma beqarorligining turli xil rivojlanishi, Quyosh chaqnashlari vaqtida hosil boʻladigan tez zarralar oqimi tarqalishi va zarba toʻlqinlarining oʻtishi natijasida buzilishi mumkin. Quyoshda yuz beradigan har qanday jarayonlar — chaqnashlar, dogʻ va protuberanslar hosil boʻlganda, Quyosh kosmik nurlari tarqalganda magnit maydon muhim rol oʻynaydi. Sayyoralararo muhitning changli komponenti asteroid va kometalarning boʻlinishidan buyen saqlanib qolgan gazchang bulutlardan iborat boʻlishi mumkin. Sayyoralararo muhitning qattiq komponenti, asosan, mayda meteor moddalardan iborat. Sayyoralararo muhit dagi qattiq jism va zarralarning koʻpchiligi Quyosh atrofida xuddi ekliptika tekisligiga yigʻilgandek boʻlib harakatlanadi. Quyoshning yorugʻlik bosimi va tortishi natijasida kichik zarralar orbitasi astasekin qisqaradi: shuninguchun Sayyoralararo muhitning changli komponenti zichligi Quyoshga yaqinlashgan sari ortadi.

60—70y. lardagi kuzatishlar Yer atrofida changli bulutlar bor degan taxminni rad qildi. Changli komponentlarni ulardan spektr olib tekshiriladi. Yer sirtini Sm. taʼsiridan atmosfera va yer magnit maydoni muhofaza qiladi (yana q. Sayyoralar).

Ad.: Parker Ye. N., Dinamicheskiye protsessы v mejplanetnoy srede, per. s angl., M., 1965; Solnechnыy veter, per. s angl., M., 1968.