SAIYORALARARO AVTOMATIK STANSIYA

SAIYORALARARO AVTOMATIK STANSIYA — sayyoralararo kosmik fazoni, Oy hamda sayyoralarni tadqiq etish va osmon jismlariga ilmiy apparatlarni olib chiqish uchun moʻljallangan kosmik uchish apparati. Apparat bortiga turli ilmiy asboblar oʻrnatiladi. Ularning oʻlchash natijalari radiosistemalar yordamida Yerga uzatiladi. Osmon jismlari sirtlari tasvirini Yerda qabul qilish uchun televizion sistemadan foydalaniladi. Saiyoralararo avtomatik stansiya bortidagi asboblar energiyani quyosh batareyasidan oladi. Baʼzi Saiyoralararo avtomatik stansiya slarda qoʻnish apparatlari bor. Bu apparatlar yordamida ular boshqa sayyoralar sirtiga («Venera3» — «Venera7», «Viking1» va 2») yoki parvozdan qaytgach, Yerga («Zond5» — «Zond7») yumshoq koʻna olgan.

1972-y. AQSH gigant sayyoralar va ularning yoʻldoshlarini tadqiq etish maqsadida yangi i. t. dasturini ishlab chikdi. Bu dastur boʻyicha 1972-y. da uchirilgan «Pioner10» st-yasi Yupiter sayyorasi yaqinidagi asteroidlar mintaqalarini birinchi marta uchib oʻtib (Yupiterni tadqiq qilgan) va 3kosmik tezlik bilan Quyosh sistemasi chegarasidan chiqib ketgan (1987). 1973-y. da uchirilgan «Pioner11» st-yasi Saturn sayyorasidan uchib oʻtib, Quyosh sistemasi chegarasidan chiqib ketgan (1993).

Saiyoralararo avtomatik stansiya yordamida Venera sayyorasi va kosmik fazo oʻrganildi («Venera»), Mars tadqiq qilindi («Viking»), Yupiter, Saturn hamda ularning yoʻldoshlari tekshirildi («Voyajer»), kosmik fazoni oʻrganish va uzoq kosmik masofalarga parvoz qilish texnikasi takomillashtirildi. Oyning teskari tomoni suratga olindi hamda Yer — Mars orasidagi kosmik fazo oʻrganildi («Zond»), Oy tadqiq qilindi va unga apparatlar qoʻndirildi hamda Yerga Oy tuprogʻi keltirildi (Luna), Venera, Mars, Merkuriy sayyoralari va kosmik fazo tadqiq qilindi («Mariner»), Mars va kosmik fazo oʻrganildi, Mars atmosferasi, sirtqi qatlamining t-rasi, suv bugʻi oʻrganildi, suratlari olindi («Mars») va unga yumshoq qoʻndirildi. Oy sirtining relyefi haqida teletasvirlar Yerga uzatildi va unga avtomatik stansiya yumshoq qoʻndirildi («Reynjer»), Oy tuprogining kimyoviy tarkibi oʻrganildi («Serveyer»). Amerikaning 2004-y. 4-yanvarda Marsga tushirilgan Marsda harakatlanuvchi S«pirit» («Spirit») S. a. s. si 200 dan ortiq rangli suratlarini Yerga uzatdi, Marsdagi jinslarni tahlil qiladi (yana q. Sayyoralar).