SAYDALIYEV Ubaydulla Asqarovich

SAYDALIYEV Ubaydulla Asqarovich (950.18.4, Toshkent) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1988). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1974). 1972-y. dan Hamza teatri (hoz. Oʻzbek milliy akademik drama teatri)da rassom, bosh rassom. S. ijodida shartli, ramziy usullardan foydalanib spektakllar ruhini ochib berishga xizmat qiladigan sahna bezaklari yaratadi: «Maysaraning ishi» (Hamza), «Istehkom» (I. Sulton), «Shoshma, quyosh» (Oʻ. Umarbekov), «Kuyov» (S. Ahmad), «Oq kema» (Ch. Aytmatov) va b.