SAYBURHONOV

SAYBURHONOV Obidjon (1949.6, Andijon) — Oʻzbekiston xalq artisti (1991). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1974). 1974-y. dan Andijon teatrida aktyor. Buri Bahodir («Mehribonlar»), Dehqonboy («Oshiq Gʻarib va Shohsanam»), Sodiq («Kampirga sovchi keldi»), Jeroniy («Zoʻraki tabib»), Aziz («Duel»), Grey («Richard III»), Bobur («Bobur»), Suvonqul («Momo yer»), Qodirqul («Boy ila xizmatchi»), Edgar («Qirol Lir»), Sultonali («Mehrobdan chayon»), Krraxoʻja («Nodira»), Qori («Tobutdan tovush») kabi rollari bilan tanilgan. Sayburhonov obrazlari ifoda vositalarining anikligi, xayotiyligi, qahramonlari kuchli va salobatliligi bilan ajralib turadi.