SAIDOV Rustam Toʻxtasinovich

SAIDOV Rustam Toʻxtasinovich (1978.6.2, Dushanba) — bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1999). «Oʻzbekiston iftixori» (2001). 91 kg dan yuqori vaznda Oʻzbekiston chempioni (1999 — 2002), Markaziy Osiyo oʻyinlari (1999, Bishkek; 2003, Dushanba) gʻolibi, Osiyo chempioni (1999, Toshkent; 2002, Serembran; 2004, Puerto-Prinsessa), Osiyo oʻyinlari gʻolibi (2002, Pusan), jahon chempionati (2003, Bangkok) va olimpiada (2002, Sidney) bronza medali sovrindori. Oʻzbekiston jismoniy tarbiya in-tini tugatgan (2003). Chirchiq sh. ichki ishlar boʻlimida ishlaydi.