SAIDOV Muxtor Safarboyevich

SAIDOV Muxtor Safarboyevich (1930.26.11, Mangʻit sh.) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1984), Oʻzbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi (1980), fizikamat, fanlari d-ri (1970), prof. (1982). Oʻzbekiston FA Elektronika in-ti direktori (1978 — 85), Oʻzbekiston FA Prezidiumi fizikamat, fanlari bulimining akad. kotibi (1985 — 89), Oʻzbekiston FA Fizikatexnika in-ti lab, mudiri (1960-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari koʻp komponentli ikki fazali tizimlarda kimyoviy elementlarning uzaro taʼsirlari va taqsimlanish qonuniyatlarini aniklashga; eritmalarning molekulyarstatistik nazariyasini, yarimutkazgich materiallardan kremniyni, kremniygermaniyning qattiq eritmalari va b. ni oʻrganishga; yorugʻlanuvchi, nurlarni sezuvchi, quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi yarimutkazgich asboblar fizikasi va texnologiyalari muammolarini yechishga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1992).