SAIDOV Mannon Abdusamadovich

SAIDOV Mannon Abdusamadovich (1923.21.4 Toshkent 200L27.7) rangtasvir ustasi, pedagog, Oʻzbekiston BA akad. (1999), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Toshkent badiiy bilim yurtini (1947) va Leningraddagi Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik in-tini (1953) tugatgan. 1953-y. dan Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti, 1956-y. dan Toshkent ped. in-tida pedagog; 1960-y. dan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida pedagog, dotsent (1968), prof. (1985). Saidov asarlarida oʻzbek dehqonlari va ishchilarining turmushi va mehnati, ularning oʻziga xos qiyofasi yorqin realistik ifodasini topgan: «Ishchi Muhiddinov portreti» (1959), «Uzum uzish» (1964), «Savodsizlikni tugatish» (1967), «Askiya» (1969), «Oila» (1970), «Xirmonda» (1974), «Konsertga» (1977), «Birinchi» (1983) va b.