SAIDBEKOV

SAIDBEKOV Amirali (1920.15.5, Fargʻona viloyati Rishton tumani — 1945.8.4, Polsha, Ribnik sh.) 2-jahon urushi qatnashchisi, 1939—40 y. lardagi Sovet-Finlyandiya urushi qatnashchisi. 1941-y. iyundan 325-gvardiyachi oʻqchi polkning rota komandiri, gvardiyachi katta leytenant. 1945-y. 8 apr. da boʻlgan jangda marrani mohirlik bilan saqlab, jasorat koʻrsatgan va shu jangda halok boʻlgan. 1945-y. 29-iyunda (oʻlimidan soʻng) Qahramon unvoni berilgan. Fargʻonadagi koʻchalardan biri uning nomi bilan atalgan. Rishton tumanidagi Sarikanda qishlogʻida yodgorlik oʻrnatilgan.