SAIDAHMEDOV Anvar Ahrorovich

SAIDAHMEDOV Anvar Ahrorovich (1912.15.6 — Toshkent — 1983) — pediatr-ftiziatr. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), tibbiyot fanlari d-ri (1960), prof. (1961). ToshTIni tugatgan (1935). Bekobod kasalxonasida bosh vrach (1936—41), urush qatnashchisi (1941—42), Respublika ruhiy kasalliklar kasalxonasida bosh vrach (1944—46), ToshTI bolalar klinikasida ordinator (1946—50), assistent (1950—51). Sil i. t. institutida bolalar sil kasalligi boʻlimi boshligʻi (1952— 60), Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-ti bolalar sil kasalligi kafedrasi mudiri (1961 — 81), konsultant (1981—83). Ilmiy ishlari Oʻzbekiston sharoitida bolalardagi sil kasalligini aniqlash, uning klinikasi, oldini olish va davolashga oid.

As: Bolalarni sil kasalligidan saqlash choralari, T., 1962; Miya sili va uning oldini olish, T., 1968.