SAIDAZIMOVA

SAIDAZIMOVA Tursunoy (1911, Toshkent — 1928.10.5, Buxoro) birinchi oʻzbek aktrisasi. Moskva oʻzbek drama studiyasida uqigan (1924—27); 1927-y. dan Oʻzbek drama truppasida aktrisa. Qisqa umri davomida oʻzbek va chet el dramaturgiyasidan yorqin obrazlar yaratdi: Mariya Antonovna («Revizor»), Turandot («Malikai Turandot», 1927), Klariche («Ikki boyga bir malay») va b. F. Zafariyning «Halima» musiqali dramasida Halima obrazini yaratish bilan oʻzbek musiqali sahna ijrochiligida yangi sahifa ochdi. Saidazimova bu spektaklda musiqali drama janrida ilk bor dramatik va vokal komponentlarni birbiri bilan uygʻunlashtirgan holda obraz psixologiyasini, uning ichki dunyosini chukur ochishga erishdi. 17 yoshida vahshiyona oʻldirilgan. H. H. Niyoziy unga atab «Tursunoy marsiyasi»ni yaratgan.