SAID OTA MASJIDI

SAID OTA MASJIDI, Yormuhammad Devon masjidi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (18-a.). Ichan qalʼanshj jan. gʻarbiy qismiga Yormuhammad Devon qurdirgan. Umumiy tarhi 8,95×13,5 m, xonaqoh murabba tarx/sh (6,3×6,3 m), gumbaz tomli, ayvoni oldi biroz turtib chiqqan. Ichki devoridagi ravoqlar xonani keng koʻrsatadi. Masjid bezaksiz, sirti ganch bilan suvalgan. Ayvon mehrobiga sirli oʻyma parchinlar qoplangan. Yogʻoch oʻymakorligida ishlangan ustunlar diqqatga sazovor. 1983-y. da qayta taʼmirlangan.