SAID ABDULLOH BUXORIY

SAID ABDULLOH BUXORIY (16 a oxiri, Buxoro — 1647, Hijoz) — xattot; «Darvish Abdiy» va «Mavlaviy» laqablari bilan maʼlum. Dastlab Buxoroda, soʻngra isfahonlik xattot Mir Imod Husayniydan taʼlim olgan. U Istanbul, Isfahon sh. larida, Misrda boʻlgan. Istanbulda nastaʼliq xatini joriy qilgan, Sulton Muhammad IV buyrugʻi bilan «Shohnoma»ni koʻchirgan. Haj safaridan keyin umrining oxirigacha Hijozda yashagan.

Ad.: Murodov A., Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼati tarixidan, T., 1971.