SAJʼ

SAJʼ (arab. — qumri, bulbul, toʻtilarning sayrashi) — badiiy soʻz sanʼatlaridan biri: bir yoki bir necha gapdagi ayrim soʻzlarning vazn yoki raviyda (yoki har ikkalasida) mos kelishi. Sajʼ sanʼati dastlab xalq ogʻzaki ijodida paydo boʻlgan, keyinchalik yozma adabiyotga oʻtgan. Sajʼ oʻzbek xalq ertaklari, dostoy va maqolparsa koʻp uchraydi. Sajlangan matn ravon oʻqiladi, ohangdorlik va kuchli emotsionallik tugʻdiradi, kishi xotirasida mustahkam saqlanib qoladi. Sajʼ sanʼati ishlatilgan nasr — nasri musajjaʼ, nazm esa nazmi musajjaʼ deb yuritiladi. Sajʼ tuzilishi jihatidan 3 xil boʻladi: 1. Toʻliq Sajʼ (mutavoziy Sajʼ) — bir yoki bir necha gapdagi ayrim soʻzlar vaznda hamda raviyda mos boʻladi. Mac, «Jallodlar soʻyib qoʻymasin, tezroq borib kulidan olinglar, zindonga solinglar» («Ravshan»). 2. Qofiyali Sajʼ (mutarraf Sajʼ) — bir yoki bir necha gapdagi ayrim soʻzlar raviyda mos boʻlib, vaznda teng boʻlmaydi. Mas, «Zoti bemadoro, dimogʻi poʻlod va koʻngli xoro» («Mahbub ulqulub»). 3. Vazndosh Sajʼ (mutavozin Sajʼ) — bir yoki bir necha gapdagi ayrim soʻzlar hamvazn boʻlib, raviyda mos boʻlmaydi. Mac, «Avbosh va areol musulmonlaridin alargʻa ne maosh va ne hisol» («Mahbub ulqulub»).

Sajʼ shoxlarning saroy yozishmalari, tarixiy, ilmiy va badiiy nasrda ham qoʻllanilgan. Mumtoz adabiyotda Navoiy, Bobur, Gulxaniy kabi sanʼatkorlar Sdan unumli foydalanishgan. Navoiy oʻzbek nasrida Sajʼ sanʼatini eng yuqori choʻqqiga koʻtardi. Oʻzbek adabiyotida Hamza, Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Oybek va b. ijodida ham Sajʼ namunalari bor.

Ad.: Sarimsoqov B., Oʻzbek adabiyotida sajʼ, T., 1978.