SAYOHATNOMA

SAYOHATNOMA — badiiy adabiyotdagi janr. Sayohat taassurotlari va tafsilotlari tasviriga bagʻishlangan asar. S. larning tarixiy-badiiy qimmati muallif maqsadi, uslubi va mahoratiga bogʻliq. Adabiyot tarixida sayohat taassurotlarining nasriy va sheʼriy tasviridan iborat oʻnlab asarlar mavjud. Nasriy Sayohatnoma larda joy va voqealarning izchil tafsiloti yetakchi oʻrin tutsa, sheʼriy Sayohatnoma larda tasvir ixcham va umumlashma xarakterda boʻladi. Nosir Xucpaewm «Safarnoma»si bu janrning dastlabki namunasi boʻlib, unda 7 yillik sayohat taassurotlari nasriy yoʻl bilan bayon qilingan. Oʻzbek adabiyoti tarixi uchun, asosan, sheʼriy Sayohatnomalar xarakterlidir. Mac, Muqimiynnnt murabbaʼ shaklida yozilgan «Sayohatnoma»si gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari bilan bu janrning original namunasi x,isoblanadi. Nodimning Samarqand va Toshkentga qilgan safari natijasida yuzaga kelgan Sayohatnomasi esa qasida shaklida yozilgan.

Hoz. davr adiblari va publitsistlarining turli mamlakatlarga qilgan safarlari natijasida qam bir qator nasriy Sayohatnomalar yuzaga keldi. Ular uslubida ocherk va publitsistika uchun xarakterli xususiyatlar koʻproq. Mac, Oybekning «Pokiston taassurotlari» asarida Sayohatnoma mavzuining kengayganligi, bayon va tasvir shakllarining oʻziga xosligi koʻzga tashlanadi.