SADRI AʼZAM

SADRI AʼZAM — oliy lavozimdagi kishi, 1-vazir, Usmonli turk imperiyasi (16-a.)ning va Eron (19-a.)ning hukumat boshligʻi. Usmonli turk imperiyasida oliy vazir lavozimiga teng. Sadri aʼzam Eronda 1905—11 y. larda, Turkiyada esa 1922-y. da tugatilgan.