SADIROV

SADIROV Muftullo (1952.19.5, Koson tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Qarshi pedagogika in-tini tugatgan (1973). 1973-y. dan Muborak tumanidagi 12, 1981-y. dan 9-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. Darsda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanadi.