SADAFDORLAR

SADAFDORLAR (Unio) — ikki tavaqalilar sinfiga mansub mollyuskalar urugʻi. Chigʻanogʻining uz. 13,7 sm gacha. Yevropa, Shim. Afrika va Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Daryolarda, koʻl kirgʻoqlarida yashaydi. Suvdagi organik moddalar b-n oziklanadi. Ponasimon oyogʻi yordamida harakatlanadi. Ayrim jinsli; urugʻlangan (400 mingtacha) tuxumini urgʻochisi jabrasiga qoʻyadi. Tuxumidan baliklarda parazitlik qiluvchi lichinka (gloxidiya) rivojlanadi. Chigʻanogʻidan sadaf olinadi.